O’zbekiston bo’ylab sayohat qil

Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabining o’quvchilari uchun “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil” ichki turizmni rivojlantirish dasturi asosida  Ko’hna va qadimiy Buxoro shaharlariga sayohat tashkil etildi.

Sayohat har doim odamlarni hayratda qoldirgan. Ular tufayli hayot sarguzashtlar, qiziqarli voqealar va yoqimli xotiralar bilan to’ldiriladi. Ammo sayohat nafaqat insonning his-tuyg’ulariga, balki umuman uning sog’lig’iga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Sayohat qilish odamni osonlashtiradi va ular uni qabul qilishni, boshqa madaniyatlarni ko’rishni, dunyoga tashqaridan qarashni o’rgatadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6165-sonli Farmonida belgilangan, vazifalar shuningdek, Buxoro viloyat hokimligining 2022-yil 31-yanvardagi (01.02.2022-yil,1/706-5-son) xatini ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yilda Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi o’quvchilari uchun “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil” ichki turizmni rivojlantirish dasturi asosida  Ko’hna va qadimiy Buxoro shaharlariga sayohat tashkil etildi.

Maktabimizning o’quvchi yoshlari Buxoro viloyati «Eski shaxar» tarixiy obidalar va 18-19 asr milliy liboslarini o’rganish, milliy liboslar eskizlar hamda qadriyatlarni asrash haqida tavsiya berildi hamda moziyga sayohatlar uyushtirildi. O’quvchilar Buxoroning qadimiy obidalarining tarixi bilan yaqindan tanishib, sayohat davomida ajoyib , taasurotlarga ega bo’lishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan