Tadbir “SABR”
Joriy yilining 28-mart kuni“SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi Peshku tuman 2-son politexnikumi va Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi uzoq qishloq hudularidagi xotin-qizlar va yoshlarni shu jumladan nogironligi bo’lgan aholini kasbiy ko’nikmalarga o’qitish va ularni bandligini ta’minlash» ijtimoiy buyurtmasi doirasida tadbir tashkil etildi.
🔹Tadbirda ishtirok etganlar uchun kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilib, eng yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilarga sovg‘alar topshirildi.
🔹Tadbir “SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi, Yoshlar tashabbuslari markazi va DVVning O‘zbekistondagi filiali hamda Peshku tuman 2-son politexnikumi bilan hamkorligida tashkil etildi.
🎯Asosiy maqsad Kichik bizneslar ochishga yordam berish, shuningdek, malakali ishchilarni topishga ko’maklashish.
• Ayollarni birlashtiruvchi jamoalar va forumlar tashkil qilish, ular o’z tajribalarini baham ko’rish va bir-biriga yordam berish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.




