Voleybol musobaqasi tashkil etildi

 

Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida Peshku tuman  jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamda “Mahalla” jamg‘armasi hamkorligida 14-18 yoshli uyushmagan yoshlar o‘rtasida voleybol  musobaqasi tashkil etildi.

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan bo’lib,  mazukur tashabbus doirasida sportning «Voleybol» turi bo’yicha (o’g’il bolalar) o’rtasida musobaqa o’tkazildi.

Musobaqa natijalariga ko’ra,
🥇1-o’rin:  Do’stlik jamoasi,

🥈2-o’rin:  Oq sherlar jamoasi,

🥉3-o’rini: Super Mario jamoasi egallashdi.
Havaskor sportchilar jamoalarining murosasiz bellashuvlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlarga tantanali ravishda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan