Xalqaro psixologlar kuni: Ijodkorlik va ruhiy faollik seminar-treningi
🗓 22 noyabr — Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan 2-son politexnikumda “Zamonaviy psixolog qanday bo‘ladi?” shiori ostida seminar-trening o‘tkazildi. Unda o‘qituvchi-murabbiylar faol va tashabbuskor ishtirok etdilar.
Trening davomida quyidagi ijodiy va interfaol mashg‘ulotlar tashkil etildi:
🎹 Rangli pianino
🟡 Stakanli sharlar
⭕️ Halqadan birga o‘tamiz
✍️ Mas’uliyat varaqasi
🎵 Yoz – o‘qi – kuyla
🔄 Vartega doiralariMazkur faol uslublar ishtirokchilarga:
✨ Ruhiy faollikni oshirish,
✨ O‘zini boshqarish bo‘yicha yangi ko‘nikmalarni shakllantirish,
✨ Jamoada ishlash, bir-birini tinglash va hamkorlikni kuchaytirish imkonini berdi.📌 Tadbir yakunida ustoz va o‘quvchilarda yuqori motivatsiya, ijobiy kayfiyat hamda ruhiy tetiklik sezilarli darajada oshdi.

