Xush kelding yurtimga Navro’z
Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida «Xush kelding yurtimga Navro’z » nomli bayram sayli bo’lib o’tdi.
NAVRO’Z – yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg’onishiga guvoh bo’lmish yangi kunning boshlanishidir. Bugun Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida «Xush kelding yurtimga Navro’z » nomli bayram sayli bo’lib o’tdi.Navro’z (Navruz) bayrami fors-tojik va turkiy xalqlarning qadimiy bayramlaridan biridir. Bu bayram 21-mart kuni nishonlanib, aynan kun va tun teng bo’lgan paytga mos keladi. Tarixiy manbaalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga koʻra, Navroʻzning shakllanish davri — eng qadimgi zamonlardan «Zardushtiylik» ning paydo boʻlishigacha davom etgan asrlarni oʻz ichiga olgan ekan. Navro’z so’zi fors-tojik tilidan olingan bo’lib «Yangi kun» degan ma’noni bildiradi. Qadim-qadimdan Navroʻz xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi boʻlib kelgan.
Navro`z qadim zamonlardan bizgacha yetib kelgan muxtasham qadriyatlarimizdan biri, baynalminal bayramdir. Uning tarkibiga, qadimgi ota-bobolarimizning mifologik tassavurlaridan tortib bugungi zamondoshlarimizning qarashlarigacha bo`lgan ma’naviyat olami singib ketgan bo`lib, u insoniyat madaniy taraqqiyotining qar bir yutuqidan doimo kuch va quvvat olib turadi. Sharq xalqlarining eng xayotbaxsh va qadimiy bayrami Navro`zning qachon paydo bo`lgani xususida turli muloxazalar bildirilgan.
Bayram saylida Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi o’quvchilari kamtarona bayram dasturi, qiziqarli qo’shiq bilan, sho’x raqslar ijro etib , bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazishdi. Bayramda faol ishtirok etgan , a’lo baholari bilan barchaga o’rnak bo’layotgan o’qtuvchi hamda o’quvchilar Diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.




