Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi

Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi loyihasi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil qilindi.

Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi,,ni nazarda tutuvchi Prezident Farmoni loyihasi yuzasidan, bugun Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida oʻquv seminari tashkil etildi.

Seminarda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

•mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;

• milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;

•adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

• ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;

• umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;

• mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishdagi masalalar haqida fikr-mulohazalar hamda bir qator tushunchalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan