Yashil makon

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2021-yil 2-noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida    🌿 Peshku tumanida ham keng jamoatchilik birlashgan holda tumanimizning barcha hududlarida umummilliy dastur doirasida ishlar olib borildi.

🌿Yashil makon loyihasi doirasida kasb-hunar maktabida ko‘chatlar o‘tqazilmoqda. Loyiha doirasida kuzgi mavsum davomida Peshu tuman 2-son kasb-hunar maktabi jamoasi tomonidan 450 tup mevali ko‘chatlar o‘tqazildi.

 

 

🌳 Peshku tumanida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanimiz iqlimi sharoitiga mos bo‘lgan ko‘chatlar ekish ishlari hamda obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.

 

Bugun 18-noyabr sanasida Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabi jamoasi tomonidan ajratilga  hududida 450 tupdan ortiq mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekilib, yashil maydonlar barpo etish borasida samarali ishlar olib borildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan