ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 542 YILLIGI
🪶 Mamlakatimiz bo’ylab buyuk bobokalonimiz, shoir va mutafakkir, davlat arbobi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi, hayoti va ijodiga bag‘ishlab she’rxonlik kechalari, uchrashuvlar, nazm va navo ruknidagi ma’naviy-marifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
🎆 Bugun Peshku tuman 2-son Politexnikumida ham bobokalonimiz tavalludining 542 yilligi munosabati bilan «Bobur shoh va shoir» shiori ostida badiiy kecha o’tkazildi.
📑 Tadbir davomida millat faxri va g‘ururi bo‘lgan vatandoshimizning hayotiy yo‘li, ruboiylari, xalq uchun amalga oshirgan ishlari haqida so‘z yuritildi. Texnikum o’quvchilarining badiiy chiqishlari kechaga o’zgacha fayz qo’shdi.





