ZUKKO KITOBXON

Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida «ZUKKO KITOBXON » intellektual turnirining sektor bosqichi o’tkazildi.

Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Atrof-muhitga, tabiatga ijobiy munosabatini shakllantiradi, inson xarakterining murakkabliklarini tushuntiradi, ruhiy qiyofaning rangin qirralarini kashf qilish qobiliyatini, ona Vatanga, xalqiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usini o‘stiradi. Badiiy adabiyot o‘qish orqali kitobxonning badiiy idroki, mustaqil fikrlash qobiliyati, mutolaa madaniyati, Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg‘usi tarbiyalanadi.

Peshku tuman 2-son kasb-hunar maktabida , mahallardagi yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida «Zukko kitobxon » intellektual o’yinining sektor bosqichi bo’lib o’tdi.

📚Qizg`in davom etgan o`yin yakuniy natijalariga ko`ra

1️⃣ – sektorda ,,Chibog’oni» mahallasining ,,Zukkolar» jamoasi

2️⃣ – sektorda ,,Sadir» mahallasining ,,Yuksalish» jamoasi

3️⃣ – sektorda ,,Do’stlik» mahallasining ,,Turon»jamoasi

4️⃣ – sektorda ,,Chiqirchi» mahallasining ,,Shodlik» jamoalari

 1-o`rinni egallab tuman final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan